O‘zbekiston prezidenti vazirlik, idora va hokimliklarga 2025-yilda budjet mablag‘larini tejash va samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish topshirig‘ini berdi. Davlat organlariga ish haqini oshirish, xizmat avtomobillari, qimmatbaho mebel va ofis jihozlarini sotib olish bo‘yicha takliflar kiritish taqiqlanadi.
Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan qo‘mitalar yig‘ilishlarida 2025-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi qo‘mitalar faoliyati yo‘nalishlaridan kelib chiqib muhokama qilindi va konseptual jihatdan ma’qullandi.
2025-yilda davlat budjetidan elektr energiyasi, tabiiy gaz narxlaridagi tafovutni qoplash va issiqlik korxonalariga subsidiyalar uchun 12,3 trln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Hukumat tariflar oshgani va 2025-yilda yana oshishiga qaramay, gaz hamda elektr energiyasi narxlarini subsidiyalashda davom etmoqchi.
2025-yil uchun davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, 18 ta vazirlikka jami 195 trln so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda (Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklaridan tashqari). Har bir vazirlik va boshqa davlat idoralariga qancha mablag‘ ajratilishi haqida ma’lumotlar.
2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Kelasi yilda YAIM o‘sishi 6 foiz bo‘lishi, inflyatsiya 7 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3 foiz (49,3 trln so‘m) bo‘lishi, tashqi qarz limiti esa 5,5 mlrd dollargacha oshirilishi taklif qilinmoqda.
2025-yil mahalliy budjetlar mustaqilligini oshirish uchun ular ixtiyorida qoladigan soliq tushumlarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bu yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i, aylanmadan soliq hamda qisman jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobiga amalga oshiriladi.
2025-yilda davlat nomidan va uning kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda. Budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, mablag‘ning 3 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting